AsosiyJamiyat

Rossiyadan O`zbekistonga tashkil etilayotgan maxsus poezdlarga elektron chiptalar ham sotilmoqda

'Rossiyadan O`zbekistonga tashkil etilayotgan maxsus poezdlarga elektron chiptalar ham sotilmoqda'ning rasmi

Joriy yil oktyabr oyining 15,  18,  22,  25,  28 sanalari hamda 1,  2 noyabr kunlari “Voljskiy – Toshkent” yo`nalishida poezdlar qatnovi amalga oshiriladi.  Bu haqda “O`zbekiston temir yo`llari” AJ ma`lum qildi. 

Ta`kidlanishicha, ushbu poezdlar Rossiyaning Voljskiy shahridan jo`naydi.  Mazkur poezdlarga faqat bir tomonga,  ya`ni “Voljskiy – Toshkent” yo`nalishiga chiptalar sotilmoqda. 

Chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida elektron chiptalarni sotish yo`lga qo`yildi.  Voljskiydagi o`zbekistonliklarning yaqinlari O`zbekistonda turib “O`zbekiston temir yo`llari” AJning veb-sayti orqali,  https: //e-ticket. railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib,  Internet orqali Voljskiydagi hamyurtlarimizga jo`natishlari ham mumkin.

Eslatma:  Bugungi kunda pandemiya sababli qo`shni Qozog`iston Respublikasi hamda Rossiya davlatlari chegara hududlari ochilgani yo`q.  Shu boisdan “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan Rossiya davlatida qolib ketgan fuqarolarni yurtimizga olib kelish uchun maxsus poezdlar tashkil qilinmoqda.  Bu poezdlarga faqat Rossiyadan O`zbekistonga kelish uchun chiptalar sotiladi.

    Boshqa yangiliklar