Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi O`zbekiston davlat oliy ta`lim muassasalarining turdosh bo`lmagan ta`lim yo`nalishlariga o`qishini ko`chirish yoki tiklash bo`yicha fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.
Unda aytilishicha, 2020-2021 o`quv yilida turdosh bo`lmagan ta`lim yo`nalishlariga o`qishini ko`chirish yoki tiklash bo`yicha 10 mingga yaqin arizalar onlayn qabul qilingan.
" - Har bir ariza ko`rib chiqilishida tegishli OTMning talabalarni qabul qilish imkoniyati, talaba hozirgacha o`qigan ta`lim yo`nalishi bo`yicha istiqbolda kadrlarga bo`lgan ehtiyoj, o`qishni ko`chirish yoki tiklash uchun asoslarning mavjudligi va boshqa ma`lumotlar chuqur tahlil qilinadi. Bu esa ma`lum vaqtni talab etadi, arizalar soni har yildagidan ancha ko`p.
Shu sababdan fuqarolarimizdan og`ir-vazmin bo`lishni, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan har xil norasmiy axborotlarga ishonmaslikni so`raymiz.
Turdosh bo`lmagan ta`lim yo`nalishlariga o`qishini ko`chirish yoki tiklash bo`yicha ko`rib chiqilgan arizalar bo`yicha 14 oktyabr soat 12:00dan boshlab tegishli oliy ta`lim muassasalariga murojaat qilishlari mumkin.
Arizalarni ko`rib chiqish davom etmoqda."






