Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda IIB xodimlari maskasiz yurgan 15 yoshli bolani olib ketishmoqchi bo`lgani, bunga qarshilik qilgan bolaning akasi va atrofdagi odamlar bilan IIB xodimlari o`rtasida janjal kelib chiqqani holati aks etgan video tarqaldi.
Shundan so`ng, Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati holatga munosabat bildirib, voqeaga oydinlik kiritilgan edi.
Ayni paytda viloyat IIB Axborot xizmati "darakchi.uz"ga ma`lumotga qo`shimcha ravishda, hozirda holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlanganligini ma`lum qildi.
Viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan barcha xodimlar bilan yana bir-bor xizmat jarayonida fuqarolar bilan xushmuomala bo`lishlari borasida targ`ibot tadbirlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.






