AsosiyJamiyat

«Nizomiy» rektori huquqbuzarlikda ayblanib, jarimaga tortildi

'«Nizomiy» rektori huquqbuzarlikda ayblanib, jarimaga tortildi'ning rasmi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori  A. Umarov ma`muriy huquqbuzarlikda ayblanib, sud tartibida javobgarlikka tortildi. Bu haqda «Xabar.uz» Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Bir muncha vaqt avval MIB Chilonzor tuman bo`limi  sud qarori ijrosini ta`minlamagani uchun rektorga nisbatan ma`muriy jarima qo`llash masalasini ko`rib chiqish uchun  ma`muriy sudiga taqdimnoma kiritgan. Sud taqdimnomani ko`rib chiqib, mansabdorni Ma`muriy Javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 198-1-moddasi ko`rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topib, ba`zaviy hisoblash miqdorining (BHM) 10 barobari miqdorida jarima solindi.

Aytilishicha, sud majlisida rektor ko`rinish bermagan.

    Boshqa yangiliklar