Кecha, 13 oktyabr kuni soat 21:40 da Buvayda va Qo`qon stansiyalari oralig`dagi temir yo`l kesishmasida yo`l transport xodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, GAZ-53 rusumli yuk mashinaning T.S. ismli xaydovchisi, temir yo`l kesishmasida harakatlanishning amaldagi qoidalarini buzadi. Natijada u yopiq to`siq (shlagbaum)ni chetlab o`tishga harakat qilib, Toshkent - Andijon yo`nalishida harakatlanayotgan №62-sonli yo`lovchi poezdi bilan urilishi oqibatida avtohalokat yuz bergan.
Voqea natijasida yuk mashinasining haydovchi kabinasiga jiddiy zarar etkazilgan. Yuk mashina haydovchisi voqea joyida halok bo`ldi.






