Ijtimoiy tarmoqlarda yangi 2020-2021 o`quv yilida 1-sinf o`quvchilari uchun beriladigan "Prezident sovg`alari" ayrim o`quvchilarga etib bormaganligi haqida xabarlar tarqlmoqda.
Vaziyatga Xalq ta`limi vazirligi munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, maktablarda o`quv yili pandemiya sharoitini hisobga olib bosqichma-bosqich tashkil etilgan. Ba`zi maktablar faoliyati kechroq boshlangani sababli “Prezident sovg`alari” taqsimoti ham bosqichma-bosqich amalga oshirilgan.
Shu bilan birga, pandemiya sababli, ayrim ota-onalar tomonidan o`quvchilarning hujjatlari kech olib kelingan yoki dastlabki rejadagi maktabga emas, balki boshqa maktablarga topshirilgan.
Hurmatli ota-onalar!
Agar farzandingizga “Prezident sovg`asi” berilmagan bo`lsa, havoladagi shaklni to`ldirishingiz yoki hududiy Xalq ta`limi boshqarmalarining ko`rsatilgan telefon raqamlariga murojaat qilishingiz so`raladi.
"Prezident sovg`asi" har bir 1-sinf o`quvchisini inobatga olgan holda tayyorlangan. Hech bir o`quvchi "Prezident sovg`asi"ni olmay qolmaydi, deyiladi Vazirlik Matbuot xizmati xabarida.
Ma`lumot uchun: “Prezident sovg`asi” tarkibiga faqat portfel va o`quv qurollari kiradi, darsliklar "Prezident sovg`asi" tarkibidan o`rin olmagan.






