1

CNN: IShID jangarilari josuslik uchun jurnalist ayolni qatl etdi

Dunyo 06.01.2016, 22:14
CNN: IShID jangarilari josuslik uchun jurnalist ayolni qatl etdi

CNN telekompaniyasi ma`lumotlariga ko`ra, jurnalist Ruqiya Xasanning Suriyaning Rakka shahrida o`ldirilishi ayolning internetdagi maqolalari sabab qatl etilgan ilk holat bo`ldi.

30 yoshli jurnalist va bloger Ruqiya Xasan ijtimoiy tarmoqlarda jangarilarni tanqid qilib, ustidan kulgani sabab o`ldirildi.

Ibrohim Nisan tahallusi bilan ijod qilgan ayol hibsga olinishga tayyor edi. U jangarilar tomonidan qo`lga olingan shaharda yashashning o`zi “sharmandalik” deb bilardi.

Xasanning ohirigi maqolalari 2015 yilning iyul oyida chiqqan. Uning qatl etilgani haqida jangarilar yanvarda xabar berdi.

"Islom davlati" jangarilari Rakka shahrini 2013 yilning mart oyida qo`lga olishgan, ushbu shaharni ular o`zlarning "poytaxti" deb sanaydi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1