AsosiyJamiyat

Sardoba toshqini tufayli uysiz qolgan fuqarolar uy ololmasa, kimga murojaat qilishi lozim?

'Sardoba toshqini tufayli uysiz qolgan fuqarolar uy ololmasa, kimga murojaat qilishi lozim?'ning rasmi

Ushbu savolga Xalqaro press-klub sessiyasida Sirdaryo viloyati hokimi Gʼofurjon Mirzaev javob berdi:

«Bu masala boʼyicha aniq strategiyaga egamiz. Bu uylardan tashqari, eski kolxoz idoralari, mashina-traktor parklari boʼlgan uylarni taʼmirlab, 60ga yaqin oilani sigʼdiradigan bir xonali uylarga boʼlib taʼmirladik. Bu — zaxira. 

Qolaversa, bu yerda 38ta ikki qavatli uylar talofat koʼrgan edi. Prezidentimiz topshirigʼiga koʼra, ularni ham yangi uylardan qolishmaydigan qilib taʼmirlayapmiz. Bir paytlar bu yerda bir qavatli yotoqxona shaklida qurilgan uylar ham taʼmirlanyapti.

Har bir tuman hokimligida uylarni egalariga berish boʼyicha komissiyalar ishlayapti. Аna shu komissiyalarga murojaat qilinsa, oʼrganib chiqamiz va albatta, hammani uy bilan taʼminlaymiz», — dedi viloyat hokimi. 

    Boshqa yangiliklar