AsosiyJamiyat

O`simlik yog`i, go`sht va boshqa iste`mol mahsulotlarining narxi pasayishi mumkin

'O`simlik yog`i, go`sht va boshqa iste`mol mahsulotlarining narxi pasayishi mumkin'ning rasmi

Koranavirus pandemiyasi davrida aholi, tadbirkorlik sub`ektlarini qo`llab-quvvatlash va iste`mol bozorida narxlarning barqarorligini ta`minlash maqsadida Soliq kodeksiga qo`shimchalar kiritilmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaevning xabar berdi. 

Yangi qo`shimchaga asosan, 2020 yil 15 oktyabrdan boshlab 2021 yil 1 yanvargacha muddatga O`zbekiston Respublikasiga shakar va shakar hom ashyosini olib kirish, shuningdek uni realizasiya qilish aylanmalari;

2021 yil 1 iyulgacha muddatga O`zbekiston Respublikasiga kartoshka, o`simlik yog`i, go`sht (mol go`shti, qo`y go`shti, tovuq go`shti va boshqalar), hayvonlarni (qoramol va parranda) tirik holda va ularni so`yishdan olingan mahsulotlarni olib kirish, shuningdek ularni realizasiya qilish aylanmalari qo`shilgan qiymat solig`idan (NDS) ozod qilish ko`zda tutilgan.  

" -- Bu tartiblar chetdan mahsulot olib kirish bilan birga ichki bozorda shu bilan shug`ullanayotgan tadbirkorlarimiz uchun ham qo`llanishi ko`zda tutilmoqda. Shu sababli qonun loyihasi matni keyingi o`qishlarda tahririy jihatdan o`zgartirildi.  

Bu o`z o`rnida bozorlarda oshib borayotgan o`simlik yog`i, go`sht va boshqa iste`mol mahsulotlarining narxi pasayib, barqarorlashiga olib kelishi zarur.  

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qo`llab-quvvatlandi. Loyihani shu hafta so`nggida kutilayotgan Senat yalpi majlisiga kiritish rejalashtirilgan.  

Ushbu qonun loyihasi deputatlar K. Ernazarov, M. Qurbonboev, A. Umirov tashabbusi bilan ishlab chiqilgan", dedi R.Kusherbaev.

    Boshqa yangiliklar