Shahrisabz tumanidagi maktablardan birining o`qituvchisi X.D. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, o`quvchilarga dars berish uchun ochgan telegram guruhiga 5 sentyabr kuni turli pornografik video va foto materaiallar tashlanganini ma`lum qilgan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganida, ushbu ishni shu tumanning «Oqoltin» MFYda yashovchi fuqaro J.A. sodir etgani aniqlangan.
Ma`lum bo`lishicha, J.A.ning jiyani uning qo`l telefonidan foydalanib onlayn darslarda qatnashgan va shu tariqa u guruhga qo`shilib qolgan. Shundan so`ng, J.A. u erga pornografik mazmundagi video va fotosuratlarni tashlagan.
Bundan tashqari, o`quvchilar B.M., R.A. hamda F.J. ham shu guruhga turli xil pornografik video va foto materiallar tashlagan.
Fuqaro J.A. hamda boshqalarga nisbatan to`plangan hujjatlar ma`muriy ishlar bo`yicha Shahrisabz tuman sudiga yuborilib, huquqbuzarlarga tegishli chora ko`rilgan.






