AsosiyJamiyat

Angren – Olmaliq – Samarqand yo`nalishida avtobus qatnovi yo`lga qo`yilmoqda

'Angren – Olmaliq – Samarqand yo`nalishida avtobus qatnovi yo`lga qo`yilmoqda'ning rasmi

 Joriy yilning 15 oktyabr kunidan Transport vazirligi qoshidagi Uzautotrans service MChJ tomonidan Angren – Olmaliq – Samarqand yo`nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo`lga qo`yilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Angren – Olmaliq – Samarqand yo`nalishidagi avtobus soat 9:00 da Angren avtostansiyasidan harakatlanishni boshlaydi. Soat 10:00 da esa avtobus Olmaliq avtostansiyasidan Samarqand shahri tomon yo`lga chiqadi. Qatnov Bekobod shahri orqali amalga oshiriladi.

 Angrendan Samarqandgacha yo`lkira narxi 50 000 so`m etib belgilangan. Olmaliqdan Samarqadgacha esa 45 000 so`m. Chiptalarni Angren, Olmaliq, Samarqand avtostansiyalari kassalaridan sotib olish mumkin. 

 Ma`lumot uchun telefon: (99) 808-47-42

 

Boshqa yangiliklar