AsosiyJamiyat

Statistika qo`mitasi saytida rahbar va ta`sischilar to`g`risidagi ma`lumotlarni taqdim etish nega to`xtatganligiga izoh berildi

'Statistika qo`mitasi saytida rahbar va ta`sischilar to`g`risidagi ma`lumotlarni taqdim etish nega to`xtatganligiga izoh berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat Statistika qo`mitasining yangilangan new.stat.uz sayti ro`yxatdan o`tgan yuridik shaxslarning rahbari, ta`sischilari to`g`risidagi ma`lumotlarni taqdim etishni to`xtatganligi to`g`risida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu xabarlarga  O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi izoh berdi. 

Mazkur holat davlat xaridlari jarayonlarining ochiqligi hamda korrupsion holatlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ushbu masala yuzasidan tezkor o`rganishlar olib bordi.  

Aniqlanishicha, hozirda Qo`mitaning new.stat.uz veb-sayti yangilanmoqda va shu sababli uning faoliyatida ba`zi texnik kamchiliklar kuzatilmoqda. Ushbu nosozlik tez orada bartaraf etilishi ma`lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar