1

OAV:2015 yilning so`nggi besh kunida AQSh polisiyasi 20 kishini otib tashlagan

Dunyo 07.01.2016, 11:16
OAV:2015 yilning so`nggi besh kunida AQSh polisiyasi 20 kishini otib tashlagan

2015 yilning so`nggi besh kuni ichida amerikalik polisiyachilar o`z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida 20 dan ortiq kishini otib tashlagan. Bu haqda Washington Post nashri ma`lumotlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

“2015 yilda amerikalik polisiyachilar 986 nafar kishiga qarata o`q uzgan.  Bu esa so`nggi o`n yil ichida FQB tomonidan e`lon qilinadigan o`rtacha ko`rsatkichlardan ikki baravar ko`p hisoblanadi”, — deyiladi xabarda.

Washington Post nashri yil davomida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qurol ishlatilishi natijasida yuz bergan   o`lim holatlarini qayd etib keldi. Undagi ma`lumotlar polisiyachilar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar va sud hujjatlariga asoslangan.

2015 yilning 27 oktyabrida gazetada chop etilgan yil yakunlari bo`yicha hisobotda keltirilishicha, o`tgan yilda 965 kishi polisiya tomonidan otib o`ldirilgan. Jurnalist surishtiruvlari natijasida ma`lum bo`lishicha, 2015 yilda polisiyachilarning aksariyat qurbonlari qurollangan shaxslar, xususan halok bo`lganlarning yarmi oq tanlilar bo`lgan. Polisiya xodimlari o`q uzishi oqibatida halok bo`lganlarning 40% foizini qora tanlilar tashkil etgan. Halok bo`lganlarning to`rtdan bir qismida ruhiy kasalliklar qayd etilgan.

Washington Post dekabr oyini “Yilning eng ko`p qon to`kilgan oyi” deb nomladi. Bu oyda huquq-tartibot organlari tomonidan o`q uzilishi oqibatida 88 kishi vafot etgan. Faqatgina Rod-Aylend shtatidagina bunday hol kuzatilmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1