AsosiyJamiyat

Namanganda traktor tirkamasiga osilib yiqilgan 9 yoshli bola shifoxonada vafot etdi

'Namanganda traktor tirkamasiga osilib yiqilgan 9 yoshli bola shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

Namangan viloyati Uqo`rg`on tumanida ayanchli YTH sodir bo`ldi. Yosh bola traktor tirkamasiga osilishi oqibatida yiqilib og`ir tan jarohati oldi va shifokorlarning tezkor harakatlariga qaramasdan vafot etdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Voqea 2020 yil 13 oktyabr kuni soat 22:30 larda, Yangier-Uchqo`rg`on yo`lining 3 km.da sodir bo`lgan. Farg`ona MFY Parvoz ko`chasida, Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, 1967 yilda tug`ilgan fuqaro fermer xo`jaligiga tegishli bo`lgan MTZ-80 rusumli traktorini tirkama ulagan holda harakatlanib ketayotgan vaqtida, Uchqo`rg`on tumanida ota-onasi qaramog`ida yashagan, tumandagi maktabning 3-sinfida o`qigan, 2011 yilda tug`ilgan fuqaro traktor tirkamasining orqa tomonidan osilib, erga yiqilib tushgan. 

Natijada, fuqaro bosh va jag` qismidan tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar