AsosiyJamiyat

Toshkentda korxonaning 5,2 mlrd so`m qarzi uchun «Tracker» xatlandi

'Toshkentda korxonaning 5,2 mlrd so`m qarzi uchun «Tracker» xatlandi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasining ma`lum qilishicha, Shayxontohur tuman bo`limi tomonidan  Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 2018 yil 22 yanvar kunidagi 1001-1720/18650-sonli  qarorining ijrosi ta`minlandi.  

Sud qaroriga asosan, qarzdor “Agrotex paxta MTP” korxonasidan undiruvchi “O`zagrolizing” AJ foydasiga 5 mlrd. 269 mln. 21 ming 500 so`m  miqdorida qarzni to`lab berishi lozim bo`lgan. Qarzdor tomonidan qarz belgilangan muddatda to`lanmaganligi sabab davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilgan.  Joriy yilning 8 oktyabr  kuni qarzdor “Agrotex paxta MTP” MChJga  tegishli bo`lgan  “TRACKER” rusumli avtotransport xatlanib, jarima maydonchasiga qo`yilgan. 

Aytilishicha, hozirda ushbu ijro ishi yuzasidan qolgan qarzdorlikni undirish bo`yicha majburiy ijro harakatlari olib borilishi bilan birga, xatlangan avtotransport vositasini elektron onlayn auksionga chiqarish va realizasiya qilish choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar