AsosiyJamiyat

18 oktyabr kuni Toshkentda 10 metrlik kabob pishirish bo`yicha rekord o`rnatiladi

'18 oktyabr kuni Toshkentda 10 metrlik kabob pishirish bo`yicha rekord o`rnatiladi'ning rasmi

18 oktyabr, soat 11:00dan 15:00ga qadar poytaxtning "Navro`z" istirohat bog`ida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan 10 metrlik kabob festivali o`tkaziladi. 

Festivalda milliy taomlar, musiqiy chiqishlar va yulduzli mehmonlar bo`lishi aytilmoqda. Tomoshabinlar oshpazlar mahoratini maxsus tayyorlangan maydonda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo`ladi. Soat 12: 00da esa oshpazlar kabobni tayyorlab, uning 10 metrlik rekord uzunligi o`lchash uchun panjara ustiga qo`yishadi.

 Shuningdek, festivalda hunarmandlar, rassomlar, asal ko`rgazmasi va boshqa ko`plab qiziqarli dasturlar bo`lib o`tadi. 

    Boshqa yangiliklar