AsosiyJamiyat

Volontyorlar odamlarga Toshkent metrosiga jetonsiz qanday kirish mumkinligini o`rgatishmoqda

'Volontyorlar odamlarga Toshkent metrosiga jetonsiz qanday kirish mumkinligini o`rgatishmoqda'ning rasmi

Ma`lumki, joriy yil 1 noyabr kunidan boshlab Toshkent metropolitenida naqd pul muomalasidan voz kechish maqsadida jetonlardan foydalanish to`xtatiladi.

"O`zbekiston temir yo`llari" AJning ma`lum qilishicha, joriy yilning 15-16 oktyabr kunlari avtomatlashtirilgan to`lov tizimini amaliyotga joriy etish bo`yicha aholiga kengroq tushuncha berish maqsadida  Toshkent metropolitenining 30 ta bekatlari kirish va chiqish yo`laklarida 200 ga yaqin ko`ngilli volontyorlar ishtirokida targ`ibot tadbiri tashkil etilmoqda. 

Hozirgi kunda Toshkent metropolitenining barcha liniyalaridagi bekatlar yo`l haqqi to`lovlarini yagona transport kartalari va NFS bank kartalari orqali amalga oshirish imkoniyatini beruvchi stasionar validatorlar bilan jihozlangan.

    Boshqa yangiliklar