Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Prezidentning "O`rmon xo`jaligi sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ilm-fanni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida" qarori qo`yildi. Loyiha O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Unga ko`ra:
- Toshkent davlat agrar universitetining O`rmon xo`jaligi va landshaft dizayn fakulteti negizida universitet tarkibidagi O`rmon xo`jaligi instituti tashkil etiladi.
- O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi raisining tavsiyanomasiga asosan o`rmonchilar va ularning farzandlari uchun oliy ta`lim muassasalarining tegishli bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga davlat granti asosida belgilangan qabul kvotasiga qo`shimcha 20 foiz ajratiladi
- Pistachilik ilmiy-tajriba markazi tashkil etiladi






