Joriy yilning 14 oktyabr kuni Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xizmati xodimlari boshqa huququni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan tezkor-qidiruv tadbirlari o`tkazishdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
Tekshirish davomida 24 yoshli Murod A.ning uyidan machete, o`zini himoya qilish aerozolli “Dobrnya” to`pponchasi, nosoz holatdagi tramvatik to`pponcha, shovqinni pasaytiradigan moslamali PB-9 jangovar to`pponchasi, 11 ta rezina o`qlari, 4 ta (9mm) jangovar o`qlarni topishdi.
Barcha qurol va aslahalar ashyoviy dalillar sifatida olib qo`yildi. Tergov oldi tekshiruvi davomida mazkur qurollarning boshqa jinoyatlarda ishlatilganligi tekshiriladi.






