Gumanitar yuk tarkibiga sun`iy nafas oldirish jihozlari, kislorod konsentratorlari, PZR-laboratoriyalari va ekspress test-tizimlar hamda yordamchi tibbiy asbob-uskunalar kiritilgan. Birlashgan Arab Amirliklari O`zbekistonga COVID-19 ga qarshi kurashish maqsadida 7 tonna insonparvarlik yordamini yubordi. “Dunyo” AA xabariga ko`ra, gumanitar yuk tarkibiga sun`iy nafas oldirish jihozlari, kislorod konsentratorlari, PZR-laboratoriyalari va ekspress test-tizimlar hamda yordamchi tibbiy asbob-uskunalar kiritilgan. Tibbiy yuk O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga mamlakatimizning barcha mintaqalarida tarqatish uchun topshiriladi. BAA O`zbekistonga COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish uchun mo`ljallangan tibbiy mahsulotlarni to`rtinchi bor taqdim etmoqda. |
15.10.2020 22:26
COVID-19: BAA O`zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi
