«Seftraks sb» dorisining narxi kuniga oshib ketyapti. Avval narxi 32 000 sshm edi, hozir 40 000 so`mdan oshib ketdi. Dorixonalarga biror chora ko`riladimi?
Ushbu savolga Davlat soliq qo`mitasi boshqarma boshlig`i o`rinbosari Muzaffar Nazarov ishtirokida o`tkazilgan brifingdanda javob berildi.
— Davlat soliq qo`mitasi tomonidan vakolatli idoralar bilan birgalikda, asosiy turdagi oziq-ovqat hamda birlamchi tibbiyot mahsulotlari narx-navosi ustidan doimiy monitoring olib borilmoqda hamda 9,4 mingta dorixonaga soliq idoralari xodimlari biriktirilgan hamda har biri bilan profilaktik suhbatlar o`tkazilib, kafolat xatlari olingan.
Shunga qaramasdan, narx-navoning asossiz o`sishi holatlari uchrab turibdi hamda vakolat doirasida choralar ko`rilmoqda.
Karantin joriy qilingandan buyon soliq idoralari tomonidan noqonuniy savdo va narxlarning oshirilishi bo`yicha jami 4 092 ta holat aniqlanib, jami 12,7 mlrd so`mlik (shundan dori-darmon va tibbiyot niqoblari — 143 ta holatda 1310 mln so`mlik) mahsulotlar olindi.
Mazkur holat bo`yicha aniq ma`lumot berilsa, DSXOlar tomonidan tegishli o`rganish o`tkazilib, aniq javob beriladi.






