AsosiyJamiyat

Samarqandlik fuqaro "Afrosiyob" poezdi yo`liga tosh qo`yib qo`ydi

'Samarqandlik fuqaro "Afrosiyob" poezdi yo`liga tosh qo`yib qo`ydi'ning rasmi

Joriy yilning 12 oktyabr kuni Samarqand viloyati IIB TXTB TB Navbatchilik qismiga Transportda XTBB YPKB xodimi leytenant U. M. telefon orqali 759-sonli "Qarshi-Samarqand-Toshkent" yo`nalishidagi "Afrosiyob" yuqori tez yurar yo`lovchi poezdi “Gumbaz-Maroqand” temir yo`l bekatlari oralig`ida harakatlanayotgan vaqtida temiryo`l izida tosh qo`yilganligi haqida xabar qildi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasining rasmiy sayti yozmoqda. 

Surishtiruv davomida "Afrosiyob" yuqori tez yurar yo`lovchi poezdi "Gumbaz-Maroqand" temir yo`l bekatlari oralig`ining 3.741 km 7 piketida harakatlanishi vaqtida, temir yo`l izining o`ng tomonida tosh bo`lagi qo`ygan shaxs 1980 yilda tug`ilgan, Samarqand viloyati Pastdarg`om tumani "Jovulqosim" qishlog`ida yashovchi fuqaro N.Sh. ekanligi aniqlangan. 

Surishtiruv ishlari davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar