AsosiyJamiyat

Davlat granti asosida o`qib, turizm sohasi mutaxassisi bo`lish uchun ajoyib imkoniyat yaratildi

'Davlat granti asosida o`qib, turizm sohasi mutaxassisi bo`lish uchun ajoyib imkoniyat yaratildi'ning rasmi

 Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi huzuridagi respublikamizning turli hududlarida joylashgan 3 texnikum va 9 kollej sizlarni quyidagi yo`nalishlarda ta`lim olishga chorlaydi: 

  • Turizm tarmoqlari bo`yicha; 
  • Mehmonxona xo`jaligini tashkil qilish va boshqarish; 
  • Umumiy ovqatlanish korxonalari mutaxassisi; 
  • mumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish; 
  • Servis va turizm. 

Bundan tashqari, har bir hududning o`ziga xosligidan kelib chiqib, bir necha qo`shimcha yo`nalishlar ham mavjud. 

Turizm sohasidagi o`rta-maxsus ta`lim muassasalarida o`qish davomiyligi - 2 yilgacha. 

Qo`mitaning xabar berishicha,  Turizm yo`nalishidagi texnikumlarimizni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar turizm sohasidagi oliy ta`lim muassasalarida bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha kirish imtihonlarisiz 2-kursdan o`qishni davom ettirish huquqiga ega bo`lishadi.

"Buning uchun faqatgina yakka tartibdagi suhbatdan o`tsangiz, kifoya! Yana bir muhim jihatga e`tiboringizni qarating!  

2020-2021 o`quv yilida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi huzuridagi kollej va texnikumlarga qabul qilingan barcha talabalar, istisno tariqasida, davlat granti asosida o`qitiladi.   

Turizm yo`nalishidagi texnikum va kollejlarning to`liq nomi, manzili va murojaat uchun ma`lumotlar   “Ipak yo`li” xalqaro turizm universiteti huzuridagi Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi 

Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Taraqqiyot ko`chasi, 2-muyilish, 1-uy. Telefon: +99871 289-40-30, +99890 354-88-66 Elektron pochta manzili: yashnobod.edu@uzbektourism.uz" deb yoziladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar