Mazkur holatni Abdug‘ani Komilov, “Dori-Darmon” AK boshqaruv raisi o‘rinbosari buning sababini tushuntirdi:
Remdesivir dori vositasi AQSHning «Gilead Sciences» kompaniyasi tomonidan yaratilgan va ishlab chiqariladi.
Hozirda «Gilead Sciences» kompaniyasi Remdesivir dori vositasini yetkazish bo‘yicha 127 ta davlat bilan litsenzion bitim tuzdi. Maʼlum bir davlatlarga ushbu preparatni ishlab chiqarish uchun litsenziya berdi.
Lekin ushbu doriga narx belgilashda kompaniya aralashmaydi.
O‘zbekiston Remdesivirni Hindistondan import qildi.
Remdesivir “Dori-Darmon” AK dorixonalarida 460 ming so‘mdan sotilgan. Preparat asosan koronavirus kasalligini davolashga ixtisoslashtirilgan markazlarga yetkazib berilmoqda.
Shuningdek, qonni suyultiruvchi Enoksaparin preparati ham Rossiyadan xarid qilinib, dorixonalarimizga yetkazilmoqda. Ushbu dori vositasining narxi, dozasidan kelib chiqib, 115 ming so‘mdan 207 ming so‘mgacha sotilgan.






