Rossiya Federasiyasi “Gazprom” kompaniyasining Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi atrofidagi qator qurilishlarda ishlash uchun 231 nafar fuqaro Navoiy xalqaro aeroportidan charter reys orqali uchib ketgani xabar qilingan edi.
Ayni paytda fuqarolar belgilangan manzilga etib borgan. Hamyurtlarimiz Amur viloyatida qurilayotgan gazni qayta ishlash zavodi tasarrufidagi sharoiti va mehnat haqi kafolatlangan ishlarga joylashishadi.
Ta`kidlash joiz, yurtdoshlarimiz hozir Rossiya Federasiyasida joriy etilgan karantin muddatini o`tamoqda. So`ng ular mamlakatda joriy etilgan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish ob`ektlarida ish boshlaydi.






