AsosiyJamiyat

Endi niqob taqmaganlar videofotofiksasiya orqali aniqlanadi

'Endi niqob taqmaganlar videofotofiksasiya orqali aniqlanadi'ning rasmi

Mamlakatimizda karantin qoidalari hali batamom bekor qilingani yo`q. Aholi orasida virus keng tarqalishi oldini olish maqsadida barcha fuqarolar ko`chaga chiqqanda niqob taqishlari belgilab qo`yilgan. Zero, bu yo`l bilan salomatligimizni asrab, kasallikning oldini olishga hissa qo`shamiz.

Ba`zi davlatlarda odamlarning tibbiy niqobsiz yurishiga odatlanishi ortidan koronavirusning ikkinchi to`lqini bosh ko`tarmoqda. Afsuski, atrofimizdagi ayrim fuqarolar buni bila turib, niqob taqishni kundalik turmush tarziga aylantirolmayaptilar. 

Birgina Farg`ona viloyatida joriy yilning o`tgan davrida karantin qoidalariga amal qilmagan 85 ming 990 nafar fuqarolarga nisbatan ma`muriy choralar ko`rildi. Shundan 85 ming 634 nafar tibbiy niqob taqib yurmagan. Nahotki, ular o`zlari oilasi va yaqinlari salomatligini o`ylashmaydi? Bu esa karantin tartibini ta`minlash uchun Farg`ona viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan yangicha yondashuv va chora-tadbirlarni belgilashni taqazo qildi.

– Ayni maqsadda zamonaviy innovasiyalardan foydalanib, Respublikamizda birinchi marta jamoat joylarida karantin qoidalariga amal qilmay niqobsiz harakatlangan fuqarolarni videofotofiksasiya vositalari orqali aniqlash amaliyoti yo`lga qo`yilmoqda, – deydi viloyat IIB axborot xizmati boshlig`i Ismoiljon Sharipov. – Fotosuratga olingan niqobsiz fuqarolarning shaxsi maxsus baza orqali aniqlanib, ichki ishlar organlari va davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi xodimlari tomonidan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi. Mazkur bayonnomani esa fuqaroning yashash xonadoniga pochta orqali yuboriladi. Tartib Farg`ona viloyatida joriy yilning 17 oktyabr kunidan amaliyotga joriy qilinadi. Maqsadimiz aslo ma`muriy javobgar qilish emas. Yurtimizdan ko`rinmas bu ofatni tezroq bartaraf qilib, fuqarolarni xotirjam va baxtli hayotini ta`minlashga qaratilgan.

    Boshqa yangiliklar