AsosiyJamiyat

"Darakchi"ning faol feletonchi muxbiri Bardiboy Jumaniyozov vafot etdi

'"Darakchi"ning faol feletonchi muxbiri Bardiboy Jumaniyozov vafot etdi'ning rasmi

Xorazmlik jurnalist, taniqli hajvchi Bardiboy Jumaniyozov 66 yoshida vafot etdi.

Bardiboy Jumaniyozov 1954 yil 30 mayda Xiva tumanidagi Sayot qishlog`ida tavallud topgan. U yosh avlodga huquq fanidan ta`lim berish bilan bir vaqtda ko`p yillar davomida tuman va respublika OAVlarida ham xizmat qilib, jamiyatimizdagi salbiy illatlarga qarshi ayovsiz tanqidiy materiallarni faol yoritib borgan.

Ustoz Bardiboy Jumaniyozov Abdulla Qahhor ta`biri bilan aytganda “tutab emas, yonib” ijod qilgan jurnalistlardan edi. "Darakchi" gazetasining "Nashtar" hajviy ilovasida chop etilgan "tesha tegmagan" feletonlari bilan ko`plab muxlislar e`tiborini qozondi, ko`p shogirdlariga unutilib borayotgan feleton janrining sir-asrorlarini o`rgatdi. 

Bardiboy Jumaniyozovning xotirasi qalbimizda yashaydi, marhumning yaqinlariga chuqur xamdardlik izhor qilamiz.

    Boshqa yangiliklar