Toshkent metropolitenining mavjud «Olmazor» stansiyasidan yangi qurilayotgan Sergeli metro yo`nalishining so`nggi - «Qipchoq» stansiyasigacha test rejimida poezd o`z harakatini amalga oshirib, ustki po`lat izlarining tayyorligini tasdiqladi, deya xabar bermoqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ Matbuot xizmati.
Bugungi kunda yangi Sergeli metro yo`nalishida yakuniy qurilish-montaj va pardozlash ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, yangi metro yo`nalishi va uning ob`ektlari qurilish me`yorlari va texnik talablariga mos ravishda, belgilangan muddatlarda joriy yil oxiriga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.






