AsosiyJamiyat

"Qo`yliq" bozori hududiga yaqin ayrim yo`llar 10 kunga yopilmoqda

'"Qo`yliq" bozori hududiga yaqin ayrim yo`llar 10 kunga yopilmoqda'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, yo`l ta`mirlash ishlari sababli joriy yilning 17 oktyabr kuni soat 00:00 dan 27 oktyabr kuniga qadar quyidagi yo`l qismlari harakatlanish uchun yopiladi:

— Farg`ona yo`li ko`chasidan Compass SKMga o`tuvchi yo`l;

—Compass SKM yaqinidagi ko`prik ostidagi qaytish yo`li (razvorot);

— TXAYdan Farg`ona yo`li ko`chasiga chiquvchi yo`l.

"Vujudga kelishi mumkin bo`lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo`llardan foydalanishni tavsiya qilamiz", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar