AsosiyJamiyat

Qarzdorning “Kaptiva” va “Malibu” avtoulovlari nega xatlandi ?

'Qarzdorning “Kaptiva” va “Malibu” avtoulovlari nega xatlandi ?'ning rasmi

Qorako`l tumanlararo iqtisodiy sudining 26.12.2019 yildagi qarzdor “GEO CONCTRUCTION INGINEERING” mas`uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi Fayzullaev Hikmat Sadulloevich foydasiga 724 000 000 so`m qarzni undirish to`g`risida ijro hujjati Byuroning Buxoro shahar bo`limi ish yurituviga kelib tushgan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi "Darakchi" xabar bermoqda.

"Mazkur ijro hujjati ijrosi yuzasidan qarzdor “GEO CONCTRUCTION INGINEERING” MChJ rahbari sud qarorida ko`rsatilgan qarz miqdorini to`lab berishi haqida bir necha marotaba ogohlantirilgan bo`lsada, biroq u tomonidan ixtiyoriy ravishda to`lovlar amalga oshirilmasdan kelingan.

Shundan so`ng, majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo`lgan “Captiva” va “Malibu” rusumli avtomashinalar qarzdorlik evaziga xatlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo`yildi.

Hozirda qayd etilgan avtoulovlar baholanib, “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarish choralari ko`rilmoqda" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar