Sal avval ijtimoiy tarmoqlarda YHXBB uch oy ichida 28,3 mlrd so`mlik transport vositalari xarid qilgani haqida xabarlar paydo bo`lgan edi. Ayni paytda IIV YHXBB Axborot xizmati mazkur xabarlarga aniqlik kiritdi.
"Haqiqatdan ham, Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida, xizmatda foydalanish uchun 2020 yil avgust-oktyabr oylarida 15 ta “Equinox AT”, 20 ta “Cobalt GS/16MTB”, 13 ta “Lacetti 1,5 (L-Comfort Plus)”, 1 ta “Lacetti 1,5 (L-Elegant/AT Plus)”, 2 ta “Volkswagen Caddy (Trendline)”, 14 ta “Avtobus (SAZ HC-40)” va 16 ta “Malibu-2” rusumli avtotransport vositalari 18 milliard 789 million 813 ming so`mga xarid qilindi.
Ushbu avtotransport vositalari faqat xizmat vazifalarni bajarish maqsadida xarid qilinganligini ma`lum qilamiz.
Barchadan, xarid kilingan avtomashinalar soni va narxiga aniqlik kiritilmagan norasmiy ma`lumotlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatmasliklarini, bu bilan fuqarolarni noto`g`ri ma`lumotlar bilan chalg`itmasliklarini so`rab qolamiz", - deyiladi xabarda.





