1

Jon Kerri: KXDR o`z hatti-harakatlariga javob berishi kerak

Dunyo 07.01.2016, 16:25
Jon Kerri: KXDR o`z hatti-harakatlariga javob berishi kerak

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida bilan telefon orqali suhbatida Shimoliy Koreya o`z hatti-harakatlariga tovon to`lashi kerakligini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Shimoliy Koreya o`z harakatlari uchun muqobil ravishda tovon to`lashi kerak”, — dedi AQSh davlat kotibi.

Bundan avval Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida Tokioning barcha mamlakatlar bilan o`zaro hamfikr bo`lishga harakat qilayotganini  ta`kidlagan edi.

Yaponiya bosh vaziri Germaniya, Janubiy Koreya va Evroittifoq mamlkatlaridagi o`z hamkasblari bilan uchrashuv o`tkazgan edi. Bugun Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe AQSh Prezidenti bilan suhbatlashdi.

6 yanvar, chorshanba kuni Shimoliy Koreya vodorod bombasini sinovdan o`tkazganini ma`lum qildi. Xalqaro hamjamiyat, shu jumladan yadroviy qurolga ega bo`lgan yirik mamlakatlar Pxenyanning harakatlarini katta tashvish bilan muhokama qildi. Ayrimlar esa chorshanba kuni aynan vodorod bombasi sinovdan o`tkazilganiga shubha bildirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1