Avval xabar berilganidek, joriy yil 19 oktyabridan jamoat transportida turli yuqumli mavsumiy infeksiyalar tarqalishining oldini olish va yo`lovchilar salomatligini asrash maqsadida Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus, metro, yo`nalishli taksi) xizmatidan foydalanganda yo`lovchilarning tibbiy niqob va qo`lqopda bo`lish tartibi joriy etiladi.
O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, jamoat transporti yo`lovchilariga qo`lqoplar bepul taqdim etiladi.
Aytilishicha, yo`lovchilar metro stansiyalariga kirishda, avtobus hamda mikroavtobusga chiqish vaqtida kassa xodimlari, konduktor va haydovchilardan qo`lqoplarni olishlari mumkin.
Toshkent shahar jamoat transportida yo`lovchilarning tibbiy niqob va qo`lqopda bo`lish tartibining joriy etilishidan yagona maqsad fuqarolar salomatligini asrashdir, deb ta`kidlangan xabarda.