Afsuski OAV va IIB YHXB xodimlari tomoninidan qancha tashviqot va ogohlantirish tadbirlari olib borilayotganiga qaramay transport vositalarini e`tiborsizlik bilan boshqarish oqibatidagi YTHlar soni kamaymayapti. Ular natijasida ko`plab fuqarolar jabr ko`ryapti. Bu YTHlardagi bevaqt o`lim holatlari yuz berishi esa juda achinarlidir.
Yana bir shunday ayanchli hodisa shu yil 16 oktyabr kuni vodiy tarssalaridan birida sodir bo`ldi.
Xususan soat 18:30 larda, Xonobod-Qiyot-Kosonsoy yo`lining 7 km.da Namangan tumanida yashovchi fuqaro otasining nomida bo`lgan Damas rusumli avtomashinani tegishli hujjatlar bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan velosipedchini urib yuborgan.
Natijada, jabrlanuvchi tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. Ushbu YTH bo`yicha Namangan IIBB xabar berdi.
Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






