AsosiyJamiyat

Angorda avtomashina kanalga tushib ketishi natijasida yong`in kelib chiqdi. Qurbonlar bor

'Angorda avtomashina kanalga tushib ketishi natijasida yong`in kelib chiqdi. Qurbonlar bor'ning rasmi

Angorda avtomashinaning kanalga tushib ketishi natijasida yong`in kelib chiqdi. Qurbonlar bor, deb yozmoqda yhxbb.uz.

Hodisa 2020 yil 18 oktyabr kuni soat 23:00da Angor tumani “Qorabog`” mahallasi hududidan o`tuvchi M-39 avtomobil yo`lining 1433 kilometrida sodir bo`lgan.

1993 yilda tug`ilgan haydovchi Neksiya-3 rusumli transport vositasini “Samarqand-Termiz” yo`nalishida boshqarib kelayotib,, boshqaruvni yo`qotishi natijasina yo`nalishdan chiqib ketgan. Oqibatda yo`l bo`ylab oqib o`tuvchi kanalga tushib ketgan. Shu tariqa kanalga qulagan avtomobilda yong`in kelib chiqqan.

Natijada transport vositasi haydovchisi I.I, uning 1993 yilda tug`ilgan turmush o`rtog`i F.A hamda voyaga etmagan farzandlari 2016 yilda tug`ilgan S.O` va 2017 yilda tug`ilgan S.I lar og`ir darajadagi tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 19 oktyabr kuni Angor tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan kunning qorong`u vaqtida harakatlanganda yanayam ehtiyot bo`lishlarini, tezlikni me`yoridan oshirmasliklarini va yo`l belgilariga ahamiyatli bo`lishlarini so`rab qolamiz, deyiladi YHHBB xabarida.  

    Boshqa yangiliklar