O`zbekiston Qahramoni, tarix fanlari nomzodi, professor G`ayratdin Xo`janiyazov vafot etdi
G`. Xo`janiyazov 1948 yili Qorao`zak tumanida tug`ilgan. 1972 yili Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti (hozirgi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti)ning tarix fakultetini tugatgan.
Arxeolog G`.Xo`janiyazov 1980 yillardan buyon Qoraqalpog`istondagi ko`plab tarixiy hududlarda olib borilgan arxeologik ekspedisiyalarga rahbarlik qilgan.
U 2003 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni, 2008 yilda «O`zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan.
"Yangi O`zbekiston" va "Pravda Vostoka" gazetalari tahririyati jamoasi mashhur arxeologning vafoti munosabati bilan uning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.






