Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig`i Anvar Jo`raevning ta`kidlashicha, jamoat transportida tibbiy qo`lqopdan foydalanishda fuqarolar birinchi navbatda o`zini, ikkinchidan, yon-atrofdagilarni kasallikdan himoya qiladi.
Virusning yuqish omili sifatida yuqori nafas yo`llari, havo-tomchi yo`llari bilan birgalikda maishiy muloqot yo`llari qayd etiladi. Maishiy muloqot — qo`l bilan og`iz-burun, ko`zning shilliq qavatiga teginish orqali virus yuqtirish.
Qo`lqop taqqan shaxs o`zining yuz qismiga qo`l tekkizmasligi, og`iz-burun yoki ko`zini ishqalamasligi, qolaversa, kasallikning «ochiq darvozalari»dan o`zini asrashi ehtimoli yuqori.
" Taqilgan qo`lqoplarni ko`chalarga tashlab ketish holatlari hozirda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Fursatdan foydalanib, barchani ogohlantirmoqchiman — davlat ko`rsatayotgan g`amxo`rlikdan to`g`ri foydalanishimiz kerak.
Davlat tomonidan tekinga tarqatilayotgan (narxi 56 so`m bo`ladimi yo 300 so`m yo 500 so`m bo`ladimi) qadrlashimiz va undan maqsadli foydalanishimiz zarur.
Chunki ushbu qo`lqopdan foydalangan holda qo`limizdagi sumkani qo`ymay uyimizgacha borishiimiz, eshik tutqichlarini va boshqa narsalarni qo`lqop bilan ushlagan holda uyimizga kirishimiz, uy ichiga kirgandan keyin qo`lqopni echib, chelak yo chiqindi qutisiga tashlashimiz foydadan xoli emas", dedi Anvar Jo`raev.






