AsosiyJamiyat

Tanqidiy maqola yozish bilan qo`rqitgan samarqandlik bloger qamoqqa olindi

'Tanqidiy maqola yozish bilan qo`rqitgan samarqandlik bloger qamoqqa olindi'ning rasmi

Samarqand viloyati Bulung`ur tumanida tanqidiy maqola yozish bilan qo`rqitib, 2 tashkilotdan bir million 280 ming so`m pul olgan soxta blogerga 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi Samarqand.uz.

Ma`lum qilinishicha, o`zini bloger deb tanishtirgan fuqaro D.R. 2020 yilning may-iyul oylarida ijtimoiy tarmoqlarga «Bulung`ur dehqon bozori» mas`luliyati cheklangan jamiyati faoliyati bo`yicha 3 marta tanqidiy va noto`g`ri maqolalar yozgan.

Mazkur maqolalarni ommaga oshkor etmaslik evaziga bozor raisi I.S.dan o`zining nomiga ochilgan plastik plastik kartasiga pul mablag`lari o`tkazib berishni talab qilgan va 2020 yil iyul—avgust oylarida jami 980 ming so`m pulni plastik kartasiga o`tkazilishiga erishgan.

Shuningdek, soxta «bloger» 2020 yilning avgust oyida «Bulung`urtumangaz» filiali suyultirilgan uglevodorli gaz faoliyati bo`yicha ijtimoiy tarmoqlarga bir marotaba tanqidiy maqola yozgan. Keyinchalik yana salbiy mazmundagi maqolalar yozib, uni ommaga oshkor etmaslik evaziga «Bulung`urtumangaz» filiali mutaxassisi S.H.dan o`zganing nomiga ochilgan plastik kartasiga pul mablag`lari o`tkazib berishni talab qilgan va 2020 yil 10 avgust kuni 300 ming so`m pulni o`zganing plastik kartasiga o`tkazilishga erishgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Bulung`ur tuman sudi o`z binosida bo`lb o`tgan ochiq sud majlisida tomonlar fikrini eshitib va ish hujjatlarini tahlil qilgan holda sudlanuvchi D.R.ga Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan aybdor deb topgan. Sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab, 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

 

    Boshqa yangiliklar