Joriy yilning 18 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Lasetti rusumli YPX xizmat avtomashinasining "Yo`l harakati qoidalari"ning "To`xtat ta`qiqlangan" yo`l belgisi ta`siri doirasida to`xtab turgan fotosurati tarqaldi.
O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmatining xabar berishicha, holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv davomida ushbu xizmat avtomashinasi Jizzax viloyati IIB YHXB boshlig`ining tegishli buyrug`i asosida YPX inspektori safdor S.Ayazovga biriktirilganligi aniqlangan.
Joriy yilning 18 oktyabr kuni soat taxminan 14:40 larda YPX inspektori safdor S.Ayazov o`ziga biriktirilgan xizmat hududida ya`ni Jizzax shahri, O.Azimov ko`chasida harakatlanib ketayotgan vaqtida unga notanish bo`lgan fuqaro YPX inspektoridan to`xtashini iltimos qilib, Samarqand viloyatidan kelgan bo`lib adashib qolganligi uchun xodimdan Samarqand viloyatiga chiqib ketish yo`lini ko`rsatishini so`raganligi ma`lum bo`ldi. Shuningdek, inspektor fuqaroga yo`nalishni ko`rsatib yuborib yana harakatlanishda davom etgan.
"Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan fuqaro murojaatini e`tibordan chetda qoldirmay, ularga baholiqudrat yordam qo`rsatayotgan xodimlarimizning harakatlariga to`g`ri baho berishlarini so`raymiz" deyiladi xabarda.






