Bugun “O`zbegim taronasi”, “Oriat dono”, “Vodiy sadosi” hamda “Navro`z” radiolarida xonanda Dilso`zning yangi “Aytgin” taronasi taqdim etiladi.
Dilso`z o`zining Instagramdagi sahifasida muxlislaridan premeraga baho berishni so`rab qolgan bo`lsa, ustozi O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxon quyidagi so`zlarni yozib qoldirgan:
“Dilso`zning turmush qurib, farzandli bo`lgandan keyin ijodga qaytishi aynan shu qo`shiq bilan bo`lishini hohlagandim, sababi unda Dilso`z o`zgargan, yanayam samimiy va yanada dardli. Bugun Premera, sizga yoqadi degan umiddaman.”
O`z o`rnida Darakchi.uz ijodkorlari ham Dilso`zning ushbu taronasi muxlislar qalbidan joy olishiga tilakdosh. Kutib qolamiz!