Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma`lum qilishicha, hodisa bugun, ertalab soat 04:30 da Toshkent viloyati Parkent tumani hududidagi hovlilardan birida sodir bo`lgan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ushbu sesternada sig`imi 2 ming kubometr suv bo`lgan. Buning oqibatida holat yuz bergan joy yaqinida joylashgan 8 ta dala hovlilarga qisman zarar etgan. Yuzaga kelgan vaziyatda jabrlangan va vafot etganlar aniqlanmagan.
Ayni daqiqalarda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong`in-qutqaruv guruhlari voqea joyida xonadonlardan suv tortish ishlarini olib borayotganligi aytilmoqda.






