AsosiyJamiyat

Senatning 21 oktyabr kuni o`tkaziladigan navbatdagi yalpi majlisida ko`rib chiqiladigan qonunlar ma`lum qilindi

'Senatning 21 oktyabr kuni o`tkaziladigan navbatdagi yalpi majlisida ko`rib chiqiladigan qonunlar ma`lum qilindi'ning rasmi

 Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisini 2020 yil  21 oktyabr kuni chaqirish to`g`risida qaror qabul qilindi.  

Adliya vazirligining ma`lum qilishicha, videokonferensaloqa tarzida o`tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko`rib chiqilishi rejalashtirilgan.  

Yalpi majlisda, jumladan, quyidagi qonunlar ko`rib chiqiladi:

▪️“Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to`g`risida”gi;

▪️ “O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi;

▪️ “Jamoat xavfsizligini ta`minlashga doir qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi;

▪️ “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi.

 Shu bilan birga, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g`ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo`llash bilan bog`liq jinoyatlar sodir etilishi holati yuzasidan Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturaga yuborilgan parlament so`rovi natijalari va boshqa bir qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar