AsosiyJamiyat

Toshkentda doktoranturaga kirishda yordam berishni va`da qilgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi

'Toshkentda doktoranturaga kirishda yordam berishni va`da qilgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi'ning rasmi

Olmazor tumani ichki ishlar organlariga 32 yoshli sirdaryolik Dilshod B. murojaat qilib, 2019 yilning noyabr oyida unga doktoranturaga kirishda yordam berishini va`da qilib,  3.000 AQSh dollari olgan va va`dasida turmagan 46 yoshli Mahammadjon T.ga nisbatan chora ko`rishni so`ragan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi. 

Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Tergov davom etmoqda. 

    Boshqa yangiliklar