AsosiyDunyo

Kelishuvga qaramay Armaniston va Ozarbayjon bir-birlariga o`t ochishdan to`xtashmayapti

'Kelishuvga qaramay Armaniston va Ozarbayjon bir-birlariga o`t ochishdan to`xtashmayapti'ning rasmi

Kelishuvga qaramay Armaniston va Ozarbayjon bir-birlariga o`t ochishdan to`xtashmayapti. Bu haqda Tarjumon.uz xabar berdi.

Armaniston va Ozarbayjon 17 oktyabr kuni Tog`li Qorabog` hududiga gumanitar yordam berish uchun urushni vaqtincha to`xtatib olishga kelishilganini ma`lum qilishgandi. Unga ko`ra, har ikki taraf 18 oktyabr soat 00:00 dan boshlab o`t ochishni to`xtatishlari kerak edi.

Ammo, mazkur sulh vaqti kirishi bilanoq har ikkala taraf bir-birini shartnomani buzganlikda ayblab, urushni davom ettirdi. Ushbu urush dushanba kuni ham to`xtamadi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligining dushanba kuni bergan ma`lumotiga ko`ra, bugun tunda armanlar armiyasi mamlakatning to`rtta hududiga hujum qilgan. Shu orada Tog`li Qorabog` ham ozarbayjonliklarning hujumi to`xtamayotgani va u ham bu hujumlarga javob qaytarotganini aytdi. Lekin, AFPning Tog`li Qorabog` poytaxti Stepanekertda bo`lib turgan muxbiri shahar o`tgan tunda tinch bo`lgani haqida xabar bergan.

27 sentyabrda boshlangan ushbu mojaro sabab hozirgacha 700 dan ziyod odamning halok bo`lgani rasman tasdiqlangan. Yakshanba kuni BMT Bosh Kotibi Antonio Guterresh Armaniston va Ozarbayjonni yangi tuzilgan sulhga to`liq amal qilishga chaqirgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar