AsosiyJamiyat

«Antitanalar miqdori organizmga tushgan virus hajmiga bog`liq» — Sevara Ubaydullaeva

'«Antitanalar miqdori organizmga tushgan virus hajmiga bog`liq» — Sevara Ubaydullaeva'ning rasmi

 Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva: «Antitanalar miqdori organizmga tushgan virus hajmiga bog`liq» —deydi. Bu haqda "Koronavirus Info" xabar berdi.

 Organizmga infeksiya tushganidan so`ng uning alomatlari yuzaga chiqadigan bo`lsa, bir hafta davomida kasallik avj olgan davri deymiz. Keyin sekin-asta organizmning tiklanish davri bo`ladi. Bu davrda organizmda immunoglobulin M va G ishlab chiqilishi kerak.

Birinchi bo`lib immunoglobulin M antitanasi virus organizmga tushganidan yoki alomatlari sezilganidan 7-8 kundan boshlab chiqadi. Bu davrda turg`un immunitet hali bo`lmaydi.

 Organizmda kasallikka nisbatan kurashuvchan qobiliyat, unga nisbatan ma`lum foizda sizni himoya qiluvchi immunoglobulin G antitanachalari kasallikning 21-18 kunlarida maksimal darajada ishlab chiqarilib, sekin-asta ko`tarilib boradi.

Antitana organizmga tushgan virus hajmiga bog`liq bo`lgan holda ishlab chiqariladi. Uning hajmi qondagi antitanalar miqdoriga qarab baholanadi.

Boshqa yangiliklar