Uzbekistan Airways kompaniyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahriga parvozlarni qayta tiklaydi. Bu haqda Uzbekistan Airways ma`lum qildi. Toshkent—Sharja—Toshkent yo`nalishi bo`yicha parvozlar 3 noyabrdan boshlab seshanba kunlari amalga oshiriladi. Chipta narxi hozirgi paytda joy turiga bog`liq ravishda 2,6 million so`mdan 12,6 million so`mgacha bo`lishi mumkin. Bundan tashqari, kompaniya 25 oktyabrdan BAAning Dubay shahriga parvozlar sonini ko`paytiradi, parvozlar haftasiga to`rt marta — dushanba, chorshanba, payshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Kompaniya mazkur yo`nalishda iqtisodiy klassdagi chipta narxi arzonlashganini ma`lum qilgan. ayni paytda uning narxi uch million so`m bo`lib turibdi. |
21.10.2020 01:37
Uzbekistan Airways Sharjaga parvozlarni qayta tiklaydi, Dubayga qatnovlar sonini ko`paytiradi
