Hindistonda avtobus ag`darilishi oqibatida 10 kishi halok bo`ldi

Dunyo 08.01.2016, 14:58
Hindistonda avtobus ag`darilishi oqibatida 10 kishi halok bo`ldi

Hindiston janubida avtobus ishtirokida yirik YTH sodir bo`ldi, deb xabar beradi “TASS”.

Mahalliy OAVning ma`lumot berishicha, yo`l-transport hodisasi oqibatida 10 kishi halok bo`lgan, 18 tadan ortiq kishi tan jarohati olgan. sayyohlarni olib ketayotgan avtobus Velankanni shahri(Tamilnad shtati)dan Tiruvanantapuram(Kerala shtati)ga yo`l olgan edi. Transport vositasi yo`lni qarama-qarshi bo`lagi bilan ajratuvchi to`siqqa borib urilgan va ag`darilib ketgan.  
Ma`lumotlarga ko`ra, halok bo`lganlar orasida ikki nafar yosh bola ham bor. OAVning qayd etishicha, yo`l-transport hodisasi haydovchining uxlab qolishi natijasida sodir bo`lgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1