AsosiyJamiyat

Namanganda "Damas" boshqaruvni yo`qotib, kanalga tushib ketdi

'Namanganda "Damas" boshqaruvni yo`qotib, kanalga tushib ketdi'ning rasmi

Namanganda "Damas" avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo`qotishi natijasida avtomobil kanalga tushib ketdi. FVVning hududiy boshqarmasi qutqaruvchilari suv havzasidan avtomobilni olib chiqishga yordam berishdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, haydovchi avtomashinada Katta Farg`ona kanali bo`ylab avtomagistralda harakatlanayotgan bo`lgan. Voqeaga Namangan viloyati Uchqo`rg`on tumanida yashovchi fuqaro "DAMAS" boshqaruvini yo`qotishi sabab bo`lgan. 

Quvonarlisi, haydovchi cho`kayotgan avtomashinadan xavfsiz ravishda chiqib ketishga muvaffaq bo`lgan va Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi xodimlarini chaqirgan. Voqea joyiga kelgan qutqaruvchilar maxsus texnika yordamida avtomobilni qirg`oqqa olib chiqishgan.

    Boshqa yangiliklar