AsosiyJamiyat

Andijon viloyati hokimi 4500 nafar fuqarosiga Rossiyadan ish topib berdi

'Andijon viloyati hokimi 4500 nafar fuqarosiga Rossiyadan ish topib berdi'ning rasmi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yangi tashkil etilayotgan migrantlar tayyorlash markazida RUDNning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari A.Kolesnikov va Malaka oshirish o`quv markazi bosh direktori Yu.Nasonov bilan uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi. 

Uchrashuvda ish beruvchilarning bo`sh ish o`rinlari haqida talabnomalarini Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Andijon filialiga topshirish xamda kelgusida hamkorlik qilish bo`yicha tuzilgan yo`l xaritasi muhokama qilindi.

Muhokama davomida Andijon viloyatidan 4 ming 500 nafar fuqaroni Rossiya Federasiyasiga qonuniy va tashkillashtirilgan holda ishlash uchun jo`natish bo`yicha kelishuvga erishildi.

    Boshqa yangiliklar