AsosiyJamiyat

Toshkent shahri va viloyatida yana 124 kishi koronavirus bilan zararlandi. 2 bemor vafot etdi

'Toshkent shahri va viloyatida yana 124 kishi koronavirus bilan zararlandi. 2 bemor vafot etdi'ning rasmi

2020 yil 21 oktyabr soat 18:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 134 (+124) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining 11 nafari Toshkent viloyatida, 113 nafari Toshkent shahrida  koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.  

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar:  

  •  Qoraqalpog`iston Respublikasida 9 nafar;
  • Jizzax viloyatida 13 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 10 nafar;
  •  Namangan viloyatida 18 nafar;
  •  Samarqand viloyatida 12 nafar;
  •  Sirdaryo viloyatida 12 nafar;
  •   Surxondaryo viloyatida 11 nafar;
  •  Toshkent viloyatida 31 nafar;
  •  Toshkent shahrida 76 nafar  bemor tuzaldi.

 

Ayni paytda yurtimizda 61 260 (+192) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog`aygan.  

Hozirda mamlakatimizda 2 338 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar